
Afsonaviy italyan futbolchisining so'zlariga ko'ra, uning Seriya Ada karerasini davom ettirish uchun variantlari bo'lgan - "Jenoa" va "Komo" klublari faxriy futbolchiga jiddiy qiziqish bildirgan.
- O'sha paytda "Jenoa"ni Alberto Jilardino boshqarayotgan edi, "Komo"da esa rul Sesk Fabregasning qo'liga o'tgandi, - deb eslaydi Totti. - Yoshim 48 da edi, biroq futbolda ayrim yosh chegaralarini engib o'tish mumkin. Ha, tezlik avvalgidek emas, ammo mahorat va zarba yosh o'tishi bilan yo'qolmaydi.
Shu vaqt mobaynida men har dushanba kuni muntazam ravishda mini-futbol o'ynab yurdim. Bundan tashqari, grafigimga haftasiga uch marta zal mashg'ulotlarini va fiizioterapevt bilan ikki mashg'ulotni qo'shdim. Qatiy parhezga o'tishga to'g'ri keldi: non ham, shirinliklar ham - umuman hech narsa mumkin emasdi. Shirinlikdan voz kechish hammasidan ham qiyin kechdi. Yarim asrlik yubileyga yaqinlashib qolgan insonlar uchun tabiiy bo'lgan mushaklardagi og'riqlarni hisobga olmaganda, organizm yuklamalarga juda yaxshi bardosh berdi.
Aqlim bu chaqiriqni qabul qilishim kerakligini aytdi, ammo yuragim bunga rad javobini berdi. Hamma gapning tagi mening "Roma"ga bo'lgan tuyg'ularimda edi. Sportdagi xiyonatning eskirgan muddati ham, yosh chegarasi ham yo'q - bunda 18 yoshdamisan yoki 48, farqi yo'q.
Eslatib o'tamiz, Franchesko Totti allaqachon shu kunlarda - 27 sentyabrda o'zning 50 yoshli yubileyini nishonlaydi. "Imperator" "Roma" sharafini chorak asr - 1992 yildan 2017 yilgacha himoya qilgan. U "jallorossi" safida 785 ta uchrashuv o'tkazib, 307 ta gol muallifiga aylangan. O'yinchilik faoliyatini yakunlagach, italiyalik mutaxassis rimliklar tizimida qolib, bosh murabbiy yordamchisi va klub sport direktorining assistenti sifatida faoliyat yuritgan.