O'zbekiston va Saudiya Arabistoni: Osiyo o'yinlaridagi murosasiz to'qnashuvlarda qanday natijalar qayd etganmiz?

  • Mr.NoBoDy 23.09.2026 09:08
  • 249
  • 30

Ayni paytda Yaponiyaning Aichi va Nagoya shaharlarida Osiyo o'yinlari davom etmoqda.

Turnirning futbol o'yinlarida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi guruh bosqichini yuz foizlik natija bilan yakunladi. Endi ular chorak finalda Saudiya Arabistoni bilan to'qnash keladi. “Oq bo'rilar” Osiyo o'yinlari doirasida bunga qadar 3 marotaba bu yurt vakillariga qarshi o'ynagan.

1. Xirosima-1994: Yorqin debyut va yirik g'alaba

O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun tarixiy hisoblangan 1994 yilgi Xirosimadagi Osiyo o'yinlari aynan Saudiya Arabistoniga qarshi guruh bosqichining 1-tur o'yini bilan boshlangan. Musobqa debyutantlari raqib darvozasiga javobsiz gollar yog'dirib, yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritgan. Bu o'zining ilk katta musobaqasini o'tkazayotgan terma jamoa uchun ajoyib onlar edi.

O'sha uchrashuvda Sergey Lebedev (14), Mirjalol Qosimov (23) hamda Igor Shkvirinning dubli (25, 43) vakillarimizga ishonchli ustunlikni taqdim etgan. Saudiyaliklar faqatgina o'yin oxirida – 90-daqiqada Al Johanining kuchi bilan bitta gol urishga muvaffaq bo'lishgan xolos. Yakuniy natija – 4:1.

photo_2026-09-23_08-59-13.jpg

2. Incheon-2014: Alamli mag'lubiyat

Oradan yigirma yil o'tib, 2014 yilgi Incheon mezbonlik qilgan Osiyo o'yinlarida taqdir jamoalarni yana to'qnashtirdi. Bu safar nimchorak final bosqichida kechgan bahs juda asabiy va keskin kurashlarga boy o'tdi. 20 yil oldin arablarga gol urgan Mirjalol Qosimov bu safar murabbiy sifatida zaxira o'rindig'ida o'tirardi.

O'yin shiddati mehmonlarning yuqori faolligi bilan davom etib, Saudiya Arabistoni 2:3 hisobidagi g'olabani tantana qilgan. O'zbekiston safida Jamshid Iskanderov (45+1) va Vohid Shodiev (70) o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'ygan bo'lsa-da, Al Gamdining goli, Bobur Yo'ldoshevning o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'yishi (avtogol) hamda hakam qo'shib bergan daqiqalarda (90+5) Al Bishi kiritgan to'p vakillarimizning musobaqadagi yurishini to'xtatgan edi.

gettyimages-154224336-2048x2048.jpg

3. Xanchjou-2023: Revansh va yarim final sari qadam

Xitoyning Xanchjou shahrida o'tgan 2023 yilgi Osiyo o'yinlarining chorak final bahsi o'zbek futbol muxjislari uchun o'zgacha quvonch keltirdi. Uchrashuvdan oldin mutaxassislar Saudiya Arabistonini favorit sifatida ko'rsatishgan bo'lsa-da, vakillarimiz matonat ko'rsatib, muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Bu avlod terma jamoasi bunga qadar ham bir nechta turnirlarda kuch sinashgan va imkoniyatni boy bergan edi.

Uchrashuvda Saidazamat Mirsaidov (24) va hujumchi Alisher Odilov (43) kiritgan gollar terma jamoamizga qulay ustunlik taqdim etdi. Raqiblar safidan Halil Maran (66) farqni qisqartirgan bo'lsa-da, vakillarimiz himoyada intizomli harakat qilib, hisobni saqlab qolishdi va keyingi bosqichga yo'l olishdi. Yakuniy natija – 2:1.

photo_2026-09-23_09-00-05.jpg

Ma'lumot uchun, O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi 25 sentyarbr kuni soat 14:00 da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar