
Ulardan biri “Surxon” futbolchisi Behruz O'ktamov. “Oq bo'rilar”ning kechagi mashg'uloti oldidan biz O'ktamovning fikrlarini tingladik.
"Har doim harkat qilaman. Lekin terma jamoadan taklif kutilmaganda yuz berdi. Bundan xursand bo'ldim",- deydi Behruz O'ktamov.
- Mashg'ulotlar qanday ketmoqda?
- Mashg'ulot jarayonlari yaxshi ketmoqda. Jamoa ahil, hamma bir-birini qo'llab-quvvatlaydi. Muhit ajoyib.
- Baribir terma jamoada katta nomlar bor. Eldor Shomurodov, Abbos Fayzullayev. Hayajon kuzatilmadimi? Buyog'iga maqsad qanday?
- Ha, boshida hayajonlandim. Katta futbolchilar birinchi chaqirilganlarni qo'llashdi. Buyog'iga maqsad doim harakat qilish. Murabbiylar kuzatadi, mashg'ulotlarda ko'rishadi. Terma jamoa ro'yxatida doim bo'lishga intilaman.
- Jamoangizda terma jamoaga chaqirilishi mumkin bo'lgan yosh futbolchilar yana kimlarni ayta olasiz?
- Klubimizda yosh futbolchilar ko'p. Behruz Shukurullaev, Kamron Yusupov, Xumoyun Sherbo'taev oxirgi o'yinlarda yaxshi harakat qilmoqda. Murabbiylarimga, jamoadoshlarimga katta rahmat. Bu ergacha kelishimda ularning hissasi bor.
- Bu yerda xonadoshingiz kim?
-Terma jamoada xonadoshim Behruz Karimov. U bilan "Surxon"da birga o'ynaganmiz.
- Eron bilan o'yindan kutilmalar qanday?
-Jamoamiz Eron bilan o'yinga tayyor. Nima qilishni bilamiz. Muxlislarni xursand qilish uchun harakat qilamiz.