"Barselona" 2027/28 yilgi mavsumning birinchi yarmida yana "Monjuik"ga qaytadi

  • Mr.NoBoDy 23.09.2026 01:08
  • 5144
  • 30

"Barselona" keyingi mavsumda yana "Kamp Nou"ni vaqtincha tark etadi.

"Blaugrana" g'aznachisi Ferran Olive klub a'zolarining har yillik umumiy yig'ilishida so'zga chiqib, Xansi Flik jamoasi joriy mavsumni asosiy arenada yakunlashini, biroq keyingi mavsumni "Olimpik Lyuis Kompanis" ("Monjuik" nomi bilan ham tanilgan) stadionida boshlashini ma'lum qildi.

"Kamp Nou"ga qaytish 2028 yilning yanvar oyiga rejalashtirilgan. Bu vaqtga kelib rekonstrukciya ishlari stadion sig'imini 95 000 tomoshabingacha oshirish imkonini beradi. 2028/29 yilgi mavsum oldidan esa klub o'rindiqlar sonini 105 mingtaga etkazadi.

Klub a'zolari loyihani amalga oshirishdagi kechikishlar tufayli etkazilgan iqtisodiy zararni qoplash uchun 510 million evrolik moliyalashtirish paketini maqullashga majbur bo'lishdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar