Ikrom Aliboev: "Terma jamoaga "Neftchi"ning ko'proq futbolchisini chaqirish mumkin edi, lekin..."

  • Mr.NoBoDy 21.09.2026 11:48
  • 502
  • 30

"Neftchi" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan so'ng (1:0) Championat.asia saytiga intervyu berdi.

– Sobiq jamoangiz "Lokomotiv" stadioniga qaytish qanday taassurot uyg'otdi?

– "Lokomotiv"da uzoq davrni boshdan kechirganman. Faoliyatimning yarmini shu yerda o'tkazganman, shuning uchun hissiyotlar ajoyib bo'ldi. Qadrdon stadionga qaytish, muxlislar qarshisida maydonga tushish o'zgacha kechdi. Yoshlik davrlarimni esladim.

– Ikki jamoa O'zbekiston kubogi chorak finali qur'a natijalariga ko'ra yana o'zaro to'qnashadi. Bugungi uchrashuv kubok bahsida qanchalik foydaga ishlaydi?

– Albatta, har bir uchrashuv o'ziga xos, turlicha o'tadi. Bu uchrashuv ham tarix, endi hammasiga boshqatdan tayyorgarlik ko'rish kerak. Kubok bahslarida mag'lub bo'lgan jamoa turnirni tark etadi. Bunday o'yinlar chempionat bahslariga qaraganda boshqacharoq ruhda o'tadi. Ushbu o'yinda ham ijobiy natija qayd etishga harakat qilamiz. Biroq ungacha hali bir oy vaqt bor, jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

– "Neftchi" ayni damda uchta turnirda ishtirok etyapti va g'oliblik uchun kurashyapti. Jarohatlar va o'yinlarning ko'pligi jamoada qiyinchilik paydo qilmaydimi? Bugungi uchrashuvni ham besh nafar futbolchi jarohat sababli o'tkazib yubordi.

– Bularining oldini olish maqsadida yangi o'yinchilar jalb etildi. Ular bizga Elit Chempionlar ligasida yordam beradi, deb o'ylayman. Agar jarohat olgan barcha futbolchilarimiz safga qaytsa, uchchala turnirda ham rotaciya qilib o'ynash qiyinchilik tug'dirmaydi.

– O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro kuzgi o'rtoqlik uchrashuvlari uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Unda "Neftchi"dan atigi bir nafar futbolchi jalb etilgan. Bunga fikringiz qanday?

– Bunga fikr bildira olmayman. Terma jamoa murabbiylari va tarkibni shakllantiruvchilar bunga javobgar. To'g'ri, hozirgi holatga qaraydigan bo'lsak, "Neftchi" klubi Superliga turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. Albatta, bir nafar emas, ko'proq o'yinchi chaqirish ham mumkin edi. Lekin bu qaror – ularniki. Ushbu qarorga hech kim qarshilik qila olmaydi, chunki terma jamoaga murabbiy faqat o'zi xohlagan futbolchilarni jalb etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar