Xoland ushu natijaga erishgan tarixdagi ikkinchi futbolchi bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 21.09.2026 09:48
  • 174
  • 30

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland APLda o'zi qarshi o'ynagan barcha jamoalar darvozasini ishg'ol qilgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bu voqea Angliya Premer-ligasining 5-turidan o'rin olgan, "Manchester Siti" "Sanderlend"ni mag'lub etgan (5:3) o'yinda sodir bo'ldi. Jamoalar Manchestyerdagi "Etixad" stadionida to'qnash kelishdi.

Xoland uchrashuvning 81-daqiqasida gol urdi. Shu tariqa, hujumchi Premer-ligada o'zi qarshi to'p surgan barcha 25 ta jamoa darvozasiga gol urishga erishdi.

Bunday natijaga erishgan yana bir futbolchi - forvard Garri Keyn hisoblanadi. Hujumchi APLda o'zi to'qnash kelgan 32 ta jamoaga gol urgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar