
"Juda yaxshi jamoa, kuchli, xavfli, ammo biz yana g'alaba qozonish yo'lini topdik, hozir eng muhimi shu. Shuningdek, biz juda oddiy bir nechta gol o'tkazib yubordik, lekin biz atigi sakkiz haftadan beri birga ishlayapmiz va allaqachon turli xil o'yinlar o'tkazib, ulardan ko'p narsa o'rgandik. Bizda ettita rasmiy o'yin bo'ldi va ularning barchasi bir-biridan farq qildi, bu juda yaxshi, chunki biz ularning har biridan xulosa chiqaryapmiz. Yanada yaxshiroq bo'lish uchun o'rganish kerak va bugungi kun ham bundan mustasno bo'lmadi, baribir g'alaba qozonish yo'lini topdik. Gollar juda ko'p bo'ldi. Men 1:0 hisobini afzal ko'raman, bu ancha yaxshi! Men o'yindan mamnunman, chunki biz g'alaba sari yo'l topdik, ammo umid qilamanki, keyingi safar o'z darvozamizdan uchta gol o'tkazib yubormaymiz", - dedi Mareskaning so'zlarini Sky Sports nashri.