"Bashakshexir" ustozi Nuri Shahin Shomurodovning dubli haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 20.09.2026 13:08
  • 183
  • 30

Trendiol Superligasining 6-turida o'z maydonida "Genchlerbirligi"ni 4:0 hisobida mag'lub etgan "Istanbul Bashakshexir" bosh murabbiyi Nuri Shahin mazmunli o'yin ko'rsatib, muhim g'alabani qo'lga kiritishganini aytdi.

38 yoshli mutaxassis "Bashakshexir Fatix Terim" stadionida kechgan bahsdan so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Murabbiy uchrashuvda ikkita gol urib, g'alabaga katta hissa qo'shgan o'zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov haqida alohida to'xtalib o'tdi: "Shomurodov Jahon chempionatidan so'ng juda qisqa tatil oldi. Jismoniy va ruhiy jihatdan darhol maydonga qaytib, yuqori sport formasini ko'rsatish juda qiyin. Bazilar hali ham buning qiyinchiligini his qilishmoqda. Shomurodov - qiziqarli va doim o'z ustida ishlaydigan xarakter egasi. Biz unga erkinlik bermoqdamiz. Uning uchun juda xursandman, Eldor - namunali professional".

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar