Tojikistonda "Istiqlol" foydasiga qaror qabul qilgan hakamlar chetlatildi

  • Mr.NoBoDy 12.09.2026 19:40
  • 822
  • 30

Tojikiston Futbol Federatsiyasi (TFF) Hakamlar qo'mitasi Tojikiston chempionatining 16-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Hosilot" (1:0) uchrashuvini boshqargan hakamlarni chetlatish bo'yicha qaror qabul qildi.

O'yindan so'ng "Hosilot" 24-daqiqada Osuman Kassimning chetlatilishi va 88-daqiqada "Istiqlol" tomonidan urilgan gol ustidan shikoyat qilgan edi.

TFFning Singapur, O'zbekiston, Yaponiya va Tojikiston mutaxassislari ishtirokidagi mustaqil ekspertlar komissiyasi bahsli vaziyatlarni o'rganib chiqdi. Ekspertlar Kassimning chetlatilishini xato deb topishdi, mutaxassislarning aksariyati esa "Istiqlol"ning goli ofsayddan urilgan degan xulosaga kelishdi.

Natijada bosh hakam Xurshed Dadoboev va uning yordamchisi Nasimjon Mansurov 3 ta turga chetlatildi.

Uchrashuv nazoratchisi Umed Rahimov esa hakamlarga yuqori baho qo'ygani uchun 2 ta turga chetlatildi.

Shuningdek, TFF Hakamlar qo'mitasi Osuman Kassimga ko'rsatilgan qizil kartochkani bekor qilishni so'rab iltimosnoma kiritdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar