
- O'yin haqida fikringiz…
- O'yindan oldin yigitlarga raqibga hurmat bilan qarash kerakligini aytgandik. Kubok bahslarida biz uchun kim bilan o'ynashning farqi yo'q: Proliga jamoasimi yoki Superliga jamoasi. Hammaga hurmat bilan qaraymiz. Menimcha, birinchi taymning yarmi birmuncha zerikarli kechdi. To'p nazorati bo'ldi, lekin xavfli vaziyat kuzatilmadi.
Birinchi bo'limning yarmidan so'ng o'yin qiziqarli tus ola boshladi. Zarbalar berildi. Gol urdik va ikkinchi taym bizning ssenariymiz ostida o'tdi. 2:0 hisobida g'alaba qozonib, keyingi bosqichga yo'l oldik hamda bu bilan yigitlarni tabriklayman. Endi Superliganing navbatdagi turiga hozirlik ko'ramiz.
- "QMU Jayxun" safidagi yoshlar sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Darhaqiqat raqib tarkibida yoshlar harakat qildi va ularda istiqbol borligi ko'rinib turdi. Yigitlarda harakatchanlik sezildi. Bir vaziyatda raqib o'yinchisi uzoqdan yaxshi zarba yo'lladi, birmuncha xavfli chiqdi. O'ylashimcha, "Jayxun"dan kimdir tez orada Superligada o'ynaydi.