
Bevosita transfer 130 million evroga baholanmoqda: 105 million evroni madridliklar qatiy belgilangan summada to'laydi, yana 25 million evro bonus sifatida ko'zda tutilgan. Diomande bilan shartnoma etti mavsumga - 2033 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Futbolchining maoshi yiliga soliqlardan keyin taxminan 7 million evroni tashkil etadi va klub uning maoshiga jami 98 million evro sarflaydi. Shu bilan birga, bu summadan 49 million evro soliqqa o'tadi.
Shunday qilib, "Real"ning kelishuv uchun umumiy xarajatlari taxminan 230 million evroga etadi, bu esa klub tarixidagi eng qimmat transferlardan biriga aylanadi.