
“Qizillar” hujumchisi Aleksander Isak boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi.
26 yoshli shvetsiyalik futbolchi 90 daqiqa ichida to'pga 13 marta tegindi. “Opta” statistik servisi xabariga ko'ra, bu mersisaydliklar safida 2003/04 yilgi mavsumdan beri APL o'yinlaridagi eng yomon ko'rsatkichdir.
Shunga qaramay, uchrashuvning 60-daqiqasida Isak gol urdi. Bu uning joriy mavsumdagi ilk goli bo'ldi.