O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" "Jayxun"dan ustun keldi

  • Mr.NoBoDy 30.08.2026 19:56
  • 4971
  • 30

O'zbekiston kubogining 1/8 finalidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Jayxun" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston kubogi, 1/8 final

"So'g'diyona" - "Jayxun" 2:0

30 avgust 2026 yil. Zomin, "Zomin" stadioni. 18:00

Hakamlar: Nayim Qosimov, Akmal G'iyosov, Aleksandr Burov, Alisher Rahimqulov

VAR hakami: Doston Rahmonov

AVAR hakami: Shonur Yo'ldoshev

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev.

Gollar: Filip Ivanovich 33, - 1:0 (Petar Michin). Abdulazizxon Abdurashidov 89, - 2:0.

"So'g'diyona": 27. Milan Mitrovich, 4. Behruz Jumatov, 7. Petar Michin, 9. Zenan Zaymovich (23. Sardor Hoshimov, 84), 10. Javohir Qahramonov, 13. Filip Ivanovich, 14. Lyupcho Doriev (S), 15. Xondamir Mustafoqulov (22. Abdulazizxon Abdurashidov, 46), 19. Zabihillo O'rinboev (17. Ollobergan Karimov, 46), 28. Samandarjon Mavlonqulov (8. Jamshid Boltaboev, 56), 32. Nodir Soyibov.

Zaxira: 74. Bayram Najafaliev, 2. Zoir Jo'raboev, 20. Fazliddin Omonkeldiev, 49. Sardor Jamolov, 77. Oybek Nurmatov.

"Jayxun": 99. Xo'jamberdi Shonazarov, 2. Asadbek Mustafoqulov, 11. Sardorbek Xidirboev (79. Umidjon Karilov, 46), 14. Asadbek Esemuratov, 17. Rashid Arazov, 22. Miyribek Qalmurzaev, 28. Ag'abek Ibraimov (7. Bahadir Sultamuratov, 87), 37. Jasurbek Otajonov (6. Allayar Qalilaev, 89), 44. Abdusalom Nuriddinov, 55. Shukurjon Rustamjonov (S), 77. Asadbek Jo'raqulov.

Zaxira: 12. Bahodir Izboskanov, 4. Allayar Maratov, 10. Aybek Sdikov, 18. Zafarbek Abdurasulov, 23. Asadulla Kutibaev, 26. Yunus Ibragimov, .

MATNLI TRANSLYATSIYA

90+2. O'yin tugadi. “So'g'diyona“ - “Jayxun“ 2:0.

90. Uchrashuvga 2 daqiqa qo'shildi

89. O'zgarish. “Jayxun“. Otajonov o'rniga Qalilaev tushdi

89. GOL! Abdulazizxon Abdurashidov 2:0. Qahramonov uzatgan to'pni Karimov darvozaga yo'lladi, Shonazarov to'pni ushlab qololmadi va uning yonida turgan Abdurashidov gol urdi.

87. O'zgarish. “Jayxun“. Ibraimov o'rniga Sultamuratov tushdi

86. UXXX! Karimov-Boltaboev-Abdurashidov kombinaciyasi zarba bilan tugadi, yana Shonazarovdan seyv!

84. O'zgarish. “So'g'diyona“. Zaymovich o'rniga Hoshimov tushdi

84. ZARBAAA! Abdusalom Nuriddinovning jarima maydoni tashqarisidan tepgan to'pi darvoza ustidan o'tib ketdi

83. Zarba! Boltaboevning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi

78. Bugungi o'yinni ko'rish uchun stadionga 507 tomoshabin keldi

77. ZARBAAAAAAA! “Jayxun“dan xavfli hujum, Asadbek Jo'raqulovning chap tomondan uzatgan to'pini Jasurbek Otajonov darvozaga yo'lladi, Mitrovichdan ajoyib seyv!

75. UXX! Endi Doriev o'ng qanotdan to'pni uzatdi, Shonazarov to'pni qaytardi

72. “So'g'diyona“da jarima zarbasi, Boltaboevning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

68. Doriev yana chap qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, darvozabon o'z o'rnida

61. ZARBAAAAAAAA! Dorievning chap qanotdan uzatgan to'pini Abdurashidov boshi bilan darvozaga yo'lladi, Shonazarovdan superseyv!

58. “So'g'diyona“da jarima zarbasi, Ivanovichning zarbasi noaniq chiqdi

56. O'zgarish. “So'g'diyona“. Mavlonqulov o'rniga Boltaboev tushdi

48. Zarba! Karilovning zarbasi noaniq ketdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarishlar. “So'g'diyona“. Mustafoqulov va O'rinboev o'rniga Karimov va Abdurashidov tushdi

46. O'zgarish. “Jayxun“. Xidirboev o'rniga Karilov tushdi

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha 1:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

33. GOL! Filip Ivanovich 1:0. Michin burchakdan uzatgan to'pini Ivanovich boshi bilan darvozaga yo'lladi!

32. ZARBAAAA! Abdusalom Nuriddinovning kuchli zarbasi noaniq ketdi!

21. Yana Dorievda jarima zarbasi, uning uzatmasini himoyachi qaytardi

16. Doriev jarima maydoni yonginasida yiqitildi, jarima zarbasi, samarasiz

8. ZARBA! Mavlonqulovning zarbasi noaniq ketdi!

1. O'YIN BOSHLANDI!

Ўхшаш янгиликлар