Aybek Nurbaev: "Tajriba o'z so'zini aytdi"

  • Mr.NoBoDy 30.08.2026 22:56
  • 372
  • 30

O'zbekiston Kubogi 1/8 finaldan o'rin olgan "So'g'diyona" – "QMU Jayxun" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Aybek Nurbaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz…

- Avvalo, Jizzax xalqini va "So'g'diyona" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman. Kubokning keyingi bosqichida bu jamoaga omad tilayman. Endi o'yin haqida to'xtaladigan bo'lsak, biz yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik, lekin bugun tajriba o'z so'zini aytdi.

"So'g'diyona" baribir Superliga jamoasi va saviya bo'yicha bizdan ustun turadi. Biz ikkinchi jamoa bo'lib o'yinni tanladik va raqib xato qilishini kutdik. O'ylashimcha, yomon o'ynamadik. Birinchi golni standartdan o'tkazib yubordik. Har ikkala taym oxirida gol o'tkazdik. Bu menimcha, tajriba kamligi bilan bog'liq.

Ikkala golda ham hushyorlikni yo'qotdik, raqib esa bundan foydalandi. Ammo yigitlar men xohlagan futbolni namoyish etib bera olishdi. Vaziyatlar biz tomondan kam bo'ldi va hujumni yakunlashda ozgina omad yetishmadi.

Ўхшаш янгиликлар