Kazemiro Messining “poker”i haqida: “Bunday lahzalardan zavqlanish kerak. Leo hali ham eng zo'ri”

  • Mr.NoBoDy 30.08.2026 21:56
  • 1261
  • 30

“Inter Mayami” yarim himoyachisi Kazemiro MLS muntazam chempionati doirasidagi “Monreal”ga qarshi o'yinda (7:1) Lionel Messining ko'rsatgan o'yiniga baho berdi.

Ushbu bahsda Leo 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Jamoangda Messi bo'lishi mana shunday bo'ladi. Bunday lahzalardan zavqlanish kerak, chunki u tarix yaratayotgan inson va futbolchi.

Bugungi ko'rganlarimizni qadrlash, uni qo'llab-quvvatlashda davom etish va u bilan birgalikda g'alabalar uchun kurashish lozim - chunki u hali ham eng zo'ri.

U buni Jahon chempionatida isbotlab bo'lgan va uning biz bilan ekanligidan xursand bo'lishimiz kerak: u bilan biz haqiqatan ham ancha kuchlimiz”, – dedi Kazemiro uchrashuvdan so'ng.

Qo'shimcha qilish joizki, mazkur o'yinda Kazemiro jamoa safidagi ilk to'pini kiritdi.

Ўхшаш янгиликлар