
“Lugano” safida o'zbekistonlik futbolchi Behruz Karimov o'yinning 75-daqiqasida zaxiradan o'yinga qo'shildi. Qayd etish kerakki, hamyurtimiz 90+1 daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.
Bahs esa “Lugano”ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Jamoa hozirda Shveytsariya chempionatida 4 ta o'yinda 4 ta g'alaba qozongan holda birinchi o'rinda bormoqda.
