
- O'yin haqida fikringiz?
- Jamoamizdagi vaziyatni bilasizlar. Bizda bosh murabbiy yo'q. Biz bu erga o'z o'yinimizni ko'rsatish maqsadida keldik. O'yin uchun barcha futbolchilarga rahmat. Bu uchrashuvga bor kuchni bag'ishlay oldik. "Aral"ni g'alaba bilan tabriklayman. Bahs chiroyli o'tdi deb o'ylayman.
- Jamoangiz g'alaba qozonishiga nima yetishmadi?
- Biz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Lekin doim nimadir sabab bo'lib mag'lubiyatga uchraymiz.
- Mavsum avvalida "Kattaqo'rg'on" oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilgandi. Lekin hozirgi kunga kelib peshqadam "Aral" bilan farq 12 ochkoga etdi.
- Ochkolar katta farq, lekin Superligaga pley-off orqali chiqsa ham bo'ladi. Biz pley-off uchrashuvlaridan umid qilyapmiz. Har o'yinda kurashishga harakat qilamiz.