
“Shaharliklar” 29 yoshli futbolchi bo'yicha so'rov yubordi, deya xabar bermoqda “The Touchline” jurnalist Xose Alvaresga tayangan holda.
Angliya klubi transfer oynasi yopilguniga qadar niderlandiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

De Yong jarohati sabab mavsum boshini o'tkazib yubormoqda. Taxminlarga ko'ra, uning safga qaytishi kuzning oxirlariga to'g'ri keladi. Yaqinda Xans-Diter Flik xavbekni sardorlar safidan chiqardi.
Frenkining transfer qiymati 35 million evroni tashkil etadi. O'tgan kuzda futbolchi kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2029 yilgacha uzaytirgan edi.