"Arsenal" Alvares uchun 125+10 mln evro to'lashga tayyor edi, ammo...

  • Mr.NoBoDy 26.08.2026 22:40
  • 310
  • 30

Argentinalik jurnalist Ariel Senosiaynning ma'lum qilishicha, "Arsenal" Xulian Alvaresning transferi bo'yicha taklif berishga tayyor bo'lgan, ammo "Atletiko" hujumchisi o'tishni rad etgan.

Argentinalik futbolchi betobligi sababli Madrid jamoasining "Vilyarreal"ga qarshi o'yindan (2:2) keyingi ilk mashg'ulotini o'tkazib yubordi. Avvalroq uning "Barselona"ga o'tmoqchi ekani ma'lum bo'lgan edi.

"Kecha u o'zini yomon his qilayotgan edi, shifokor unda holsizlik borligini ko'rdi. Xulian bu holatni hozirgi vaziyat bilan bog'liq deb hisoblaydi.

Xulian Mikel Artetaga rad javobini berdi. "Arsenal" 125 million evro va 10 million evro bonus to'lashga tayyor edi. Ushbu summa evaziga "Atletiko" uni Angliya jamoasiga sotgan bo'lardi.

Ayni damda men ko'rayotgan yagona variant - bu "Barselona" so'nggi kunda hali qilmagan ishini amalga oshirishidir. "Atletiko" esa "Barselona"ga sotishdan qochish uchun hamma narsani qiladi", – dedi Senosiayn DSports Radio'dagi No Veo La Hora ko'rsatuvi efirida.

Ўхшаш янгиликлар