"Sanderlend" "Man Siti"ga Grilishning ijarasi bo'yicha taklif bilan chiqdi

  • Mr.NoBoDy 26.08.2026 21:48
  • 117
  • 30

Jek Grilish "Sanderlend"ga o'tishi mumkin.

"Qora mushuklar" "Manchester Siti" yarim himoyachisini ijaraga olish bo'yicha taklif bilan chiqdi, deb xabar beradi The Athletic.

"Sanderlend" "shaharliklar" futbolchi maoshining bir qismini qoplashini xohlamoqda va kelasi yozda - uning "Siti" bilan shartnomasi muddati tugagach, u bilan to'liq shartnoma imzolashi mumkin.

Klub, shuningdek, "Marsel" vingeri Igor Payshaoning transferi ustida ham ishlamoqda. Braziliyalik futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishda muammolar yuzaga kelmasligi taxmin qilinmoqda, ammo Fransiya klubi bilan hali kelishuvga erishilgani yo'q.

O'tgan mavsumni Grilish ijara huquqi asosida "Everton"da o'tkazdi. APL doirasida u 20 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар