Superliga. "Lokomotiv" "Bunyodkor"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi

  • Mr.NoBoDy 26.08.2026 20:56
  • 102
  • 30

Superliganing 19-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Superliga

19-tur

"Lokomotiv" – "Bunyodkor" 4:1

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00

Gol: Shodiyor Shodiboev (Jasur Yaxshiboev) 6’, Sardor Mirzaev (Oleg Zoteev) 36’, Jasur Yaxshiboev (Sardor Mirzaev) 43’, Suhrob Nurulloev (Muhammadali Reimov) 70’ – Sardor Rahmonov penalti 61’

Bosh hakam: Temur To'xtasinov
Qanot hakamlari: Jamshid Bakirov, Abdulhamid Abdurayimov
Zaxira hakami: Nurken Urazbaev
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Shohruh Maqsudov
Nazoratchi: Baxtiyor Namazov
Komissar: Oybek Davletmuratov

"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 9.Suhrob Nurulloev (21.Ilya Yyelichich, 84), 10.Shodiyor Shodiboev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 77), 14.Nikolay Ivanov (45.Yovan Nishich, 62), 17.Sardor Mirzaev, 18.Aleksandr Kucherenko, 22.Sunnatilla Poyonov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 33.Oleg Zoteev, 70.Muhammadali Reimov (44.Muhammad Habibullaev, 77), 99.Jasur Yaxshiboev (8.Bilol Tupliev, 62).

Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 19.Sherzod Abdulboriev, 27.Ozodbek O'ktamov, 61.Nurlan Ibraimov.

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To'raqulov (56.Abdulqodir Mirfayziev, 82), 11.Sardor Abdunabiev (42.Abdulhamid Ikromov, 82), 13.Muhammad Hakimov, 21.Nosir Abdusalomov, 27.Islom Anvarov (74.Ivan Bukrin, 67), 39.Fahriddin Muhammadov (14.Shahzod Nematjonov, 73), 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 66.Azizbek To'lqunbekov, 88.Mirkomil Annamatov (20.Abdulfayz Bobomurodov, 62).

Zaxira: 16.Federiko Botti, 31.Abdurahmon Sulaymonov, 44.Alijon Bekmurotov, 97.Muhammadali Adhamov.

Ogohlantirish: Fahriddin Muhammadov (27).


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shildi.

84. “Lokomotiv”da o'zgarish: Nurulloev o'rniga Yyelichich maydonga tushdi.

82. “Bunyodkor”da 2 ta almashtirish: Abdunabiev o'rniga Ikromov, To'raqulov o'rniga Mirfayziev tushirildi.

77. “Lokomotiv”da 2 ta almashtirish: Shodiboev o'rniga Abduxoliqov, Reimov o'rniga Habibullaev maydonga tushdi.

73. “Bunyodkor”da almashtirish: Muhammadov o'rniga Nematjonov tushirildi.

72. Zarba! Abdunabiev qulay nuqtaga chiqib borib, zarba yo'lladi, sal omad yetishmadi va to'p darvozaga aniq bormadi.

70. GOL! Reimovning pasidan keyin Nurulloev chap pastki burchakni aniq nishonga oldi - 4:1!

67. “Bunyodkor”da o'zgarish: Anvarov o'rniga Bukrin tushirildi.

65. Nurulloevning havolatib amalga oshirgan pasidan keyin Anvarov to'pni bosh bilan maydon tashqarisiga chiqarib yuordi.

64. Uuux! Muhammadovning chap oyoqdagi aylanma zarbasi sal noaniq ketdi.

62. “Lokomotiv”da 2 ta o'zgarish: Ivanov o'rniga Nishich, Yaxshiboev o'rniga Tupliev bahsni davom ettiradi.

61. GOL! Rahmonov penaltini panenka uslubida muvaffaqiyatli amalga oshirdi - 3:1!

60. Penalti! Bosh hakam penalti borligini ma'lum qildi.

59. Temur To'xtasinov VAR monitori sari yo'l oldi.

57. Ehtimoliy penalti VAR orqali tekshirilmoqda. To'p Yo'ldoshevning qo'liga tekkan bo'lishi mumkin.

55. Zarbaa! Abdunabiev jarima maydonchasi ichida zarba berdi, ammo to'p yo'liga Yo'ldoshev to'g'anoq bo'ldi.

54. Zarbaa! To'raqulovning kuchli zarbasidan keyin to'p mo'ljalga aniq bormadi.

51. Zarba! Bobomurodovning olisdan bergan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

50. Anvarovning olisdan yo'llagan kuchli zarbasini Kozlov bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi.

47. Uuux! Abdunabiev jarima maydonchasi ichiga yorib kirib, zarba berdi, Kozlov uni bartaraf etdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi!

46. “Bunyodkor”da o'zgarish: Annamatov o'rniga Bobomurodov tushdi.

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 3:0. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

43. GOL! Mirzaevning pasidan so'ng Jasur Yaxshiboev erlatib yo'llagan kuchli zarbasi orqali hisobni yirik ko'rinishga keltirdi - 3:0!

40. Zarba! Ivanovning uzatmasidan keyin Mirzaev zarba berdi, uni darvozabon Abdujalilov qaytardi.

36. GOL! Zoteevning pasidan keyin Sardor Mirzaev o'ng pastki burchakni nishonga oldi - 2:0!

34. Zarba! Abdunabiev to'p bilan qulay nuqtaga chiqib borib, zarba yo'lladi, ammo to'p himoyachilarga tegib maydondan chiqib ketdi.

33. Zarba! Nurulloev olisdan zarba yo'llashga urindi, ammo to'p himoyachiga tegib qaytdi.

29. Zoteev qanotdan oldinga borayotgan Nurulloevni oldinga boshladi, biroq u baribir to'pga yetib bora olmadi.

27. Muhammadov Reimovga nisbatan juda qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi.

24. Salqinlanish vaqti e'lon qilindi.

22. Zarba! Muhammadov uzun pasni qabul qilib olib, chap oyoqda zarba berdi, to'p Kucherenkoga tegib maydonni tark etdi.

17. Annamatovning uzatmasidan keyin Muhammadov to'pni qabul qilib oldi, ammo u ofsaydda qolgani ma'lum bo'ldi.

14. Anvarovning Muhammadov tomon pasidan so'ng Poyonov epchillik qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

11. Temur To'xtasinov sal avval Shodiboevni turtib ketgan To'lqunbekovni og'zaki ogohlantirdi.

10. Zarba! Abdusalomovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Muhammadov bosh bilan zarba berdi, Kozlov o'z o'rnida!

6. GOL! Yaxshiboevning qulay pasidan keyin Shodiboev o'ng oyoqdagi zarbasi orqali darvozabonni ojiz qoldirdi - 1:0!

3. Yaxshiboev jarima maydonchasi ichida bir necha futbolchini aldashga urindi, ammo yakunda baribir to'pdan ayrildi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Ўхшаш янгиликлар