
London klubi yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar darvozabonni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.
"Aston Villa" yangi kelgan Dzion Sudzukini jamoaning "birinchi raqami"ga aylantirishni rejalashtirmoqda. Shu sababli Martines Birmingem jamoasidan ketish istiqboliga ijobiy qaramoqda.
Avvalroq Martinesga "Yuventus" qiziqish bildirgani, ammo transfer amalga oshmay qolgani haqida xabar berilgan edi.
Martines 2020 yilning sentyabridan beri Birmingem jamoasida to'p tepib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan. Transfermarkt internet-portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy qiymati 12 mln evroni tashkil etadi. 2025/2026 yilgi mavsumda darvozabon klub miqyosida 44 ta o'yin o'tkazib, 49 ta to'p o'tkazib yubordi va 14 ta uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.