Superliga. "Lokomotiv" – "Bunyodkor" 1:0 (matnli translyatsiya)

  • Mr.NoBoDy 26.08.2026 19:16
  • 441
  • 30

Superliganing 19-turidan o'rin olgan bahs davom etmoqda.

Superliga

19-tur

"Lokomotiv" – "Bunyodkor" 1:0 (LIVE)

Toshkent. "Lokomotiv" stadioni. 19:00

Gol: Shodiyor Shodiboev (Jasur Yaxshiboev) 6’

Bosh hakam: Temur To'xtasinov
Qanot hakamlari: Jamshid Bakirov, Abdulhamid Abdurayimov
Zaxira hakami: Nurken Urazbaev
VAR: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR: Shohruh Maqsudov
Nazoratchi: Baxtiyor Namazov
Komissar: Oybek Davletmuratov

"Lokomotiv": 1.Aleksey Kozlov, 9.Suhrob Nurulloev, 10.Shodiyor Shodiboev, 14.Nikolay Ivanov, 17.Sardor Mirzaev, 18.Aleksandr Kucherenko, 22.Sunnatilla Poyonov, 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 33.Oleg Zoteev, 70.Muhammadali Reimov, 99.Jasur Yaxshiboev.

Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 8.Bilol Tupliev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 19.Sherzod Abdulboriev, 21.Ilya Yyelichich, 27.Ozodbek O'ktamov, 44.Muhammad Habibullaev, 45.Yovan Nishich, 61.Nurlan Ibraimov.

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To'raqulov, 11.Sardor Abdunabiev, 13.Muhammad Hakimov, 21.Nosir Abdusalomov, 27.Islom Anvarov, 39.Fahriddin Muhammadov, 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 66.Azizbek To'lqunbekov, 88.Mirkomil Annamatov.

Zaxira: 16.Federiko Botti, 14.Shahzod Nematjonov, 20.Abdulfayz Bobomurodov, 31.Abdurahmon Sulaymonov, 42.Abdulhamid Ikromov, 44.Alijon Bekmurotov, 56.Abdulqodir Mirfayziev, 74.Ivan Bukrin, 97.Muhammadali Adhamov.

11. Temur To'xtasinov sal avval Shodiboevni turtib ketgan To'lqunbekovni og'zaki ogohlantirdi.

10. Zarba! Abdusalomovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Muhammadov bosh bilan zarba berdi, Kozlov o'z o'rnida!

6. GOL! Yaxshiboevning qulay pasidan keyin Shodiboev o'ng oyoqdagi zarbasi orqali darvozabonni ojiz qoldirdi - 1:0!

3. Yaxshiboev jarima maydonchasi ichida bir necha futbolchini aldashga urindi, ammo yakunda baribir to'pdan ayrildi.

1. Uchrashuv boshlandi!

Ўхшаш янгиликлар