
Eslatib o'tamiz, avvalroq londonliklar Argentina terma jamoasining 25 yoshli xavbekini 120 million funtga sotib olish mumkin bo'lgan dedlaynni e'lon qilishgan edi. So'nggi muddat o'tgach, "ko'klar" futbolchini ushbu summa evaziga qo'yib yubormasliklarini bildirishdi.
"Shaharliklar" Encoga bo'lgan qiziqishini yo'qotgani yo'q. Bugun yoki ertaga ular uning transferi bo'yicha 130 dan 140 million funtgacha taklif bilan chiqishadi, deb xabar berdi TyC Sports uchun argentinalik jurnalist Gaston Edul.
Avvalroq Fernandes "Man Siti"ga o'tishga rozilik bergan edi.
O'tgan mavsumda jahon chempioni APLning 36 ta o'yinida 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning batafsil statistikasi - bu yerda.
Eslatib o'tamiz, APLning transfer rekordi hujumchi Aleksander Isakning 125 million funt evaziga "Nyukasl"dan "Liverpul"ga o'tishi hisoblanadi.