"Mashal" sobiq ustozi Tojikiston o'smirlar terma jamoasi (U-17)ning yangi bosh murabbiyi

  • Mr.NoBoDy 26.08.2026 12:56
  • 327
  • 30

40 yoshli rossiyalik mutaxassis Igor Surov Tojikiston o'smirlar terma jamoasi (U-17)ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

U ushbu lavozimda Tojikiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi postini o'z xohishiga ko'ra tark etgan Daler Kayosovning o'rnini egalladi.

Surov jamoani 19 noyabrdan 13 dekabrgacha Qatarda bo'lib o'tadigan 2026 yilgi Jahon chempionatiga tayyorlaydi. Uning murabbiylar shtabidan Shamsiddin Qosimov, Jafar Ahmedov va Elchibek Rashidbekov, shuningdek, darvozabonlar tayyorgarligi uchun mas'ul bo'ladigan Umed Chorshanbiev o'rin oldi.

Ilgari Igor Surov Mongoliyaning "Sumida", Xo'jandning "Esxata", Qirg'izistonning "Bars" va O'zbekistonning "Mashal" (2026) klublarini boshqargan.

_DSC2800.jpg

Ўхшаш янгиликлар