
Eslatib o'tamiz, iyul oyi oxirida FIFAning Jahon chempionati huquqlarini sotish uchun yangi tijorat tuzilmasi - FIFA Forward Enterprise (FFE)ni tashkil etish rejalari haqida ma'lum bo'lgan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederatsiyalari tomonidan bildirilgan tanqidlar va UEFAga a'zo mamlakatlar tomonidan JCHga boykot e'lon qilish tahdidi fonida ushbu g'oyadan voz kechishga qaror qilgandi.
"Irlandiya futbol assotsiatsiyasi (IFA) FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo'llab-quvvatlashni bekor qildi.
FIFA aktivlarining bir qismini maslahatlashmasdan xususiy investiciya kompaniyasiga sotish taklifi shunchaki muloqot o'rnatolmaslikdan ko'ra jiddiyroq narsani anglatadi.
Bizningcha, bu strategiya, boshqaruv va aktivlarimizni tasarruf etishning fundamental tamoyillarini so'roq ostida qoldiradi. Biz o'zgarishlar vaqti keldi deb hisoblaymiz", – deyiladi IFA bayonotida.