
Superliga
19-tur
"Dinamo" – "Paxtakor" 1:1 LIVE
Gol: 60 - Hojimat Erkinov (Stefan Chinedu)
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev
Qanot hakamlari: Andrey Sapenko, Timur Gaynullin
Zaxira hakami: Diyorbek Amanov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Rinat Serazitdinov
Komissar: Shohruh Said
“Dinamo”: 1.Edem Nemanov, 2.Artyom Radaev, 3.Mixail Shtefan, 8.Aziz Amonov (44.Abdug'afur Haydarov, 67), 20.Jaloliddin Jumaboev, 21.Jahongir Abdusalomov (15.Rasul Yo'ldoshev, 46), 24.Akbar Xudoyberdiev (19.Tigran Avanesyan,57), 25.Oybek O'rmonjonov (4.Nurillo To'xtasinov,67), 26.Marko Stanoevich, 30.Xaris Xaydarevich (77.Behruzbek Oblaqulov, 68), 37.Firdavs Abdurahmonov.
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 16.Amadu Dumbuya, 17.Salim Mustafoev, 18.Raul Jeparov,
“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 8.Dilshod Saitov, 9.Ibrohim Ibragimov (7.Hojiakbar Alijonov, 90+2), 10.Akmal Mozgovoy, 11.Hojimat Erkinov (21.Bashar Resan, 76), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Sherzod Nasrullaev, 50.Flamarion (17.Dostonbek Hamdamov, 90+2), 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 90.Stefan Chinedu ( 29.Ayman Hussayn,76).
Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 6.Sardor Mirqobilov, 20.Dilshod Abdullaev, 22.Muhammad-Bobur Karimov, 77.Oybek Bozorov.
Ogohlantirish: 45+2 - Azizbek Amonov, 45+2 - Abdurauf Bo'riev, 45+3 - Ibrohim Ibragimov, 58 - Oybek O'rmonjonov
Uchrashuv yakunlandi
90+6. Resan ko'pchilikni aldadi va raqib maydonchasining ichida yiqildi. Tantashev barchasi "toza" ekanligini ma'lum qildi
Hakam ikkinchi bo'limga 8 daqiqa qo'shib berdi
86. Resan bugun o'zida emasdek, yaqindagina maydonga tushgan yarim himoyachi to'p uchun kurashmayapti ham
85. GOOOL. Abdurahmonov hisobni tenglashtirdi. Ajoyib hujum va ajoyib yakun.
81. Ibragimov Resan 100 foizlik vaziyat yaratib berdi. Biroq iroqlik yarim himoyachi 3 metrdan bo'm-bo'sh darvozaga joylay olmadi.
73. Bo'rievning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi ancha noaniq ketdi
73. Flamarion yaqin masofadan kuchli zarba yo'lladi. biroq to'p himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi
69. Haydarovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasini Quvvatov qiyinchilik bilan bartaraf etdi
68. Chinedu yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi va zarba yo'lladi. Biroq noaniq

65. GOOOL. Tantashev uzoq davom etgan bahsdan so'ng VARdagilardan gol "toza" degan xabarni oldi. Erkinov hisobni ochdi. Chinedudan assist.
Abramov Haydarov va Obloqulovni maydonga tushirmoqchi. Ular hujumni kuchaytirishmoqchi. Balki Abramov jamoasi tarkorni ko'rib, gol inobatga olinishini tahmin qilayotgan bo'lsa kerak
62. Tantashev VARdagilar bilan suhbatlashmoqda. Hozircha hakamlar bir qarorga kelishmadi. O'yindan tashqari holat chizig'i chiziladi va hammasi shundan so'ng aniq bo'ladi. Chinedu ofsayddami yoki yo'qligi hali ma'lum qilinmadi
Katta ehtimol bu vaziyat hozir VARda ko'riladi. Ko'ramiz bu safar qanday qaror qabul qilinadi

60. Uchrashuvda hisob ochilgandi. Biroq Hojimatning ushbu goli ham ofsayd sababli bekor qilinmoqda
53. "Paxtakor" raqib maydonchasiga juda yaxshi kirib bordi. Biroq so'nggi zarbani hech kim bermadi
Ikkinchi bo'lim boshlandi
Birinchi bo'lim yakunlandi
43. Chineduning raqib maydonchasining ichidan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi
42. Tantashev VAR manitoriga bordi va qo'pollik bo'lgan vaziyatdan avval Firdavs qo'li bilan to'pga tekkan ekan
40. Quvvatov Firdavsga qarshi qo'pollik ishlatdi. Hakam katta ehtimol bilan hozir VARni tinglaydi. Sababi qo'pollik jarima maydonchasining ichida bo'lgan bo'lishi mumkin
39. Mezbonlar jarima zarbasini yaxshi bajarishgandi. Biroq O'rmojonovning zarbasini darvobon ushlab oldi
37. Chinedu bo'sh darvozaga gol urolmadi. Gol bo'lgan taqdirda ham hakam hisoblamas edi. Sababi Erkinov ofsaydda edi
27. "Sherlar"dan xavfli hujum. Maydon markazidan uzatilgan to'pga Ibragimov yetib kela olmadi.
27. Dastlab Abdurahmov raqib maydonchasiga kirib bordi va zarba yo'lladi. Uning zarbasi himoyachiga tegdi. Qaytgan to'pni esa O'rmonjonov egallab oldi va zarba yo'lladi. Bu zarbaga aniqlik yetishmadi
Dastlabki daqiqalarda mehmonlar ustunlik qilishgandi, biroq so'nggi o'n daqiqa ichida mezbonlarda bir qator xavfli vaziyatlar bo'lmoqda
20. Abdurahmonov gol urmoqda, biroq Tantashev golni inobatga olmadi. Sababi maydonda ikki to'p edi
19. Sal qolsa Mozgovoy o'z darvozasiga to'pni joylab qo'yishi mumkin edi, Quvvatov ishonchli harakat qildi
18. Endi Jumaboev uzoqdan o'z omadini sinab ko'rdi. Biroq to'p himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi. Burchak zarbasi esa samarasiz amalga oshirildi
13. Bu safar Abdurahmonov Quvvatov darvozasiga zarba yo'lladi. Bu yerda Sanjar ishonchli harakat qildi. Mezbonlar so'nggi 2 daqiqada uch martta xavfli zarba yo'llashdi.
13. Navbatdagi xavfli zarba. Abdusalomovning chamasi 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi himoyachiga tegib, burchakka chiqib ketdi
12. Mezbonlar ham ilk zarbasini darvozaga yo'llashdi. Amonovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi biroz noaniq ketdi. Uchrashuv ancha qiziq o'tmoqda
6. Mehmonlar dastlabki 10 daqiqaning o'zida ikkita xavfli vaziyat yaratdi. Bu safar Flamarion yaqin masofadan zarba yo'lladi, Edemdan seyv
4. Xojimat Erkinov raqib maydoniga kirib bordi va zarba yo'lladi. Biroq uning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi
Uchrashuv boshlandi!