Vinisius - Mourinyuning unga qo'ygan talablari haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 05.08.2026 09:48
  • 958
  • 30

"Real"ning braziliyalik vingeri Vinisius mavsum oldi yig'inlarida jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu bilan birinchi uchrashuvi qanday o'tgani va u unga qanday maslahatlar bergani haqida gapirib berdi.

Avvalroq "Arsenal" Vinisiusning transferi uchun "Real"ga 135 million evro taklif qilgani haqida ma'lumot berilgan edi.

"Hamma narsa juda yaxshi o'tdi: yangi murabbiy va yangi o'yinchilar bilan tanishdim, biz juda astoydil mashg'ulot o'tkazmoqdamiz. Mourinyu mening har doimgidek qolishimni xohlaydi: baxtiyor, xushchaqchaq va o'z futbolimni o'ynashimni istaydi.

Mavsum davomida jarohatlarimiz kamroq bo'lishi va har bir o'yinchiga tayana olishimiz uchun jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", - deya Vinisiusning so'zlarini "Marca" nashri keltiradi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar