Shavkat Saidov “Metallurg” bosh direktori lavozimini egalladi: jamoaga 6 nafar futbolchi keldi

  • Mr.NoBoDy 21.07.2026 15:24
  • 240
  • 30

Bekobodning "Metallurg" klubida bir qator o'zgarishlar kuzatildi.

Shavkat Saidov klub bosh direktori lavozimiga qaytgan bo'lsa, jamoaga Marko Milichkovich ("Buduchnost", Chernogoriya), Azizbek Abdumo'minov (“Mashal”), Jasur Azimov (“Xorazm”), Asadbek Karimov (“Surxon”), Samandar Ochilov (“Mashal”) va Davron Sulaymonov ("OKMK Semurg'") kabi futbolchilar kelib qo'shildi.

Jamoani Sardor Sadullaev, Doniyorjon Narzullaev, Usmonali Abdukarimov, Mo'minjon Meliev, Ibrohim No'monov, Javohir Ubaydullaev, Asiljon Begimqulov, Armin Bashnyak va Komiljon Tojidinov tark etdi.

Ўхшаш янгиликлар