
FIFA Ispaniyaga qarshi Jahon chempionati finalidan keyin argentinalik yarim himoyachi Leandro Paredesga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Paredes Jahon chempionati finalidan keyin Ispaniya futbolchilari bilan janjallashib ketgandi. Paredes avval himoyachi Erik Garsiyaning bo‘ynidan ushlab, uni bo‘g‘di. Keyin esa yarim himoyachi Gavini itarib yubordi.
FIFA dastlab Paredes qizil kartochka olgani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik kartochka o‘yin protokolidan olib tashlandi.
FIFA BBCga Paredesga nisbatan hech qanday intizomiy choralar ko‘rilmaganligini tasdiqladi.
Avvalroq, FIFA Argentina futbolchilari Jahon chempionati yarim finalida Angliya ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin “Malvin orollari Argentinaniki” degan yozuv tushirilgan banner ko‘targani bo‘yicha tergov boshlaganini ma’lum qilgandi.