Ispaniya terma jamoasining JCHdagi g‘alabasidan so‘ng o‘tkazilgan paradda ikki million kishi ishtirok etdi

  • Mr.NoBoDy 21.07.2026 15:11
  • 236
  • 30

Ispaniya terma jamoasini JCHdagi g‘alabadan so‘ng Madridda 2 millionga yaqin kishi kutib oldi.

JCH-2026 finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani mag‘lub etdi (1:0). Ispaniya terma jamoasi o‘z tarixida ikkinchi bor jahon chempioniga aylandi.

Do‘shanba kuni jamoa Jahon chempionatidan so‘ng Madridga uchib keldi. Futbolchilar va murabbiylar Ispaniya qiroli Filipp VI hamda qirollik oilasining boshqa a’zolari bilan uchrashishdi, shuningdek, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches qabulida bo‘lishdi. Rasmiy tadbirlardan so‘ng Madrid ko‘chalarida avtobus paradi bo‘lib o‘tdi.

Ispaniya Hukumatining Madriddagi vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, paradda ishtirok etgan muxlislar soni ikki millionga yetgan.

Ўхшаш янгиликлар