Lineker Angliya va Argentina o‘rtasidagi muhim bahs oldidan o‘z fikrini bildirdi

  • Mr.NoBoDy 15.07.2026 22:11
  • 992
  • 30

Bir vaqtlar Angliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan Gari Lineker «uch sherlar»ning Argentina terma jamoasiga qarshi bo‘lajak o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

2026 yilgi Jahon chempionati 1/2 final uchrashuvi 15 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvga Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start beriladi.

«O‘ylaymanki, o‘yin juda teng kuchlilar kurashi ostida o‘tadi. Inglizlar o‘z kuchlariga yetarlicha ishonishadi. So‘nggi ikkita o‘yinda ular g‘alaba qozonish yo‘lini topishdi, bu esa juda muhim. Jamoaning mentaliteti va birdamligi haqiqatan ham hayratlanarli», — deya ekspertning so‘zlarini keltiradi Sky News.

Angliya terma jamoasi oxirgi marta finalda 1966 yilda o‘ynagan edi. O‘shanda futbol vatani vakillari GFR jamoasini mag‘lub etib, jahon chempionlariga aylanishgandi.

Ўхшаш янгиликлар