
Braziliya terma jamoasi qanot hujumchisi Rafinya jarohati sabab 2026 yilgi jahon chempionati 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi bahsda ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Globo xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi Gaitiga qarshi uchrashuvda olgan mushak jarohatidan hali to‘liq tiklanmagan. Rafinya hozirgacha terma jamoaning umumiy mashg‘ulotlariga qaytmagan. Tibbiy shtab futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamayapti va shu bois uni maydonga tushirishga shoshilmaslikka qaror qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi JCH-2026 1/16 finalida Yaponiyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l olgan. Endi «selesao» chorak final yo‘llanmasi uchun Norvegiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.