
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlaridagi navbatdagi rekordini o‘rnatdi.
41 yoshli futbolchi JCH-2026 1/16 finali doirasida Xorvatiyaga qarshi kechgan uchrashuvning 68-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa, Ronaldu mundiallar tarixida pley-off bosqichida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. Shuningdek, Krishtianu turnirning pley-off bosqichida maydonga tushgan eng yoshi katta o‘yinchi ekanligini ham eslatib o‘tamiz.
81-daqiqada portugallar bosh murabbiyi Roberto Martines yulduzni zaxiraga oldi.