Skaloni Argentinaning Kabo-Verdega qarshi o‘yinga tayyorgarligini baholadi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 11:22
  • 9
  • 30

Jahon chempionati — 2026 ning 1/16 final bahsida Argentina terma jamoasi Kabo-Verde milliy terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv haqida «albiseleste» ustozi Lionel Skaloni o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Jamoa hozirda to‘liq shay holatda. Albatta, o‘yin oldidan biroz hayajon bor. Bizga qarshi yaxshi shakllangan terma jamoa maydonga tushadi. Pley-off o‘yinlarida xatolarga o‘rin yo‘q. Bu mag‘lubiyat chiqib ketishni anglatuvchi bahs ekanligini juda yaxshi tushunib turibmiz. Kabo-Verde terma jamoasi ushbu Jahon chempionatida hali mag‘lubiyatga uchramadi. Ular qarshi hujumlarda mahorat bilan harakat qilishadi va yaxshi himoyalanishadi. Ularning tarkibida yuqori texnikaga ega futbolchilar bor», - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi La Nacion nashri.

Argentina – Kabo-Verde uchrashuvi 4 iyul kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da boshlanadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar