
Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Igor Matanovich JCH-2026 1/16 finalidan o‘rin olgan Portugaliyaga qarshi o‘yinning qo‘shib berilgan vaqtida bekor qilingan gol borasida o‘z fikrini bildirdi. Himoyachi Yoshko Gvardiol tomonidan kiritilgan to‘p ofsayd sababli inobatga olinmagan edi.
«Sodir bo‘lgan voqeani anglash men uchun qiyin. Jamoamiz ko‘prog‘iga loyiq edi. Ko‘rsatgan o‘yinimizdan faxrlansak arziydi.
Gol bekor qilingan vaziyatda to‘pga aniq teginganimga ishonchim komil emasdi. Ammo hakam to‘pning ichida teginishni qayd etuvchi chip borligini aytdi. Shu sababli o‘yindan tashqari holat fiksasiya qilindi», - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi HRT Sport nashri.
Xorvatiya portugallarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.