
Krishtianu Ronaldu va Portugaliya terma jamoasining boshqa futbolchilari Xorvatiyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishmoqda — jamoalar Jahon chempionatining 1/16 finali doirasida o‘zaro to‘qnash kelishadi. Ronaldu o‘zining omadsiz seriyasiga chek qo‘yish niyatida.
Gap shundaki, Ronaldu Jahon chempionatlarining pley-off bosqichlarida jami sakkizta o‘yin o‘tkazgan. Ushbu sakkizta uchrashuvda Krishtianu biror marta ham samarali harakat bilan ajralib turmagan — unda na gol va na golli uzatma mavjud.
Ronaldu mundiallarda umumiy hisobda 10 ta gol urgan va jamoadoshlariga ikkita golli pas yetkazib bergan. Krishtianu ushbu barcha sermahsul harakatlarini faqatgina guruh bosqichi o‘yinlarida amalga oshirgan.
Portugaliya — Xorvatiya uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 04:00 da start oladi.