
Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru portugaliyalik yulduz hujumchi JCH-2026dan so‘ng milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi.
«Mening bilishimcha, xayrlashuv haqida gapirish mumkin. Bugun emas, lekin fikrimcha, bu haqiqatan ham uning oxirgi turniri. Men terma jamoani nazarda tutyapman. Ishonchli manbadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu Jahon chempionati uning “so‘nggi raqsi” bo‘ladi», — deya Aveyruning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri Sport TVga tayangan holda.
3 iyul kuni Portugaliya terma jamoasi JCH-2026ning 1/16 finalida Xorvatiya bilan to‘qnash keladi. Ronaldu ushbu uchrashuvning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi.
Portugaliyaliklar «K» guruhida O‘zbekiston terma jamoasini mag‘lub etib (5:0), Kongo DR (1:1) va Kolumbiya (0:0) bilan durang o‘ynagan holda ikkinchi o‘rinni egallashgan edi.