Rafinyaning sog‘lig‘i borasidagi xavotirlar yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi

  • Mr.NoBoDy 03.07.2026 03:11
  • 27
  • 30

Rafinyaning sog‘lig‘i borasidagi yomon xavotirlar o‘z tasdig‘ini topdi. Braziliya terma jamoasi hujumchisi Jahon chempionatining 1/8 finali doirasida Norvegiya terma jamoasiga qarshi kechadigan bo‘lajak uchrashuvda «selesao»ga yordam bera olmaydi.

Globo nashrining yozishicha, vinger mashg‘ulotlarni umumiy guruhdan ajralgan holda alohida davom ettirmoqda. Agar braziliyaliklar keyingi bosqichga yo‘l olishsa, Rafinya chorak finalda maydonga tusha olishidan umid qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rafinya guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan Gaiti terma jamoasiga qarshi o‘yinda (3:0) jarohat olgan edi. Shundan so‘ng «Barselona» yulduzi uchinchi turdagi Shotlandiyaga qarshi bahsda maydonga tushmadi va 1/16 final doirasida Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabali o‘yinni ham o‘tkazib yubordi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar