
Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati pley-off bosqichining ilk raundida Avstriya terma jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Musobaqaning 1/16 final uchrashuvi Ispaniya jamoasining 3:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinda hujumchi Mikel Oyyarsabal ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, 29 yoshli futbolchi joriy mundialda o‘z hisobidagi gollar sonini 4 taga yetkazib oldi va eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Vinisius Junior, Ismaila Sarr hamda Usman Dembelega yetib oldi. Ulardan ko‘proq golni faqat o‘z hisobida 6 tadan goli mavjud bo‘lgan Lionel Messi va Kilian Mbappe hamda raqiblar darvozasini 5 martadan ishg‘ol qilgan Erling Xoland va Garri Keyn urishgan.