
Avstriya terma jamoasi JCH-2026ning 1/16 finalidan o‘rin olgan Ispaniyaga qarshi o‘yinda (0:3) raqib darvozasi tomon birorta ham aniq zarba bera olmadi.
Murabbiy Ralf Rangnik shogirdlari tomonidan jami 5 ta zarba yo‘llandi, biroq ularning hech biri darvoza ramkasiga aniq bormadi. Ispaniyaliklar esa raqib darvozasiga 23 ta zarba berishdi, ulardan 10 tasi aniq chiqdi.
Shu tariqa, ispaniyaliklar 2014 yildan beri Jahon chempionati pley-off uchrashuvlarida o‘z darvozasiga birorta ham aniq zarba berilishiga yo‘l qo‘ymagan ilk jamoaga aylanishdi. O‘shanda, JCH-2014 finalida Germaniya terma jamoasi Argentinaga qarshi bahsda (1:0) xuddi shunday natijaga erishgan edi.