
Lamin Yamal Ispaniya — Avstriya uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
JCH-2026ning 1/16 finalida Ispaniya terma jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Yamal uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 86-daqiqada zaxiraga olindi. «Barselona» sharafini himoya qiluvchi 18 yoshli vinger FIFA talqiniga ko‘ra o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi.