"Nyukasl" Gordon va Tonalining o'rniga Bundesligadan ikki futbolchini nishonga oldi - TEAMtalk

  • Mr.NoBoDy 02.07.2026 17:40
  • 268
  • 30

"Nyukasl Yunayted" "Barselona"ga o'tgan Entoni Gordon hamda 117 million evro evaziga "Tottenxem"ga transfer bo'lishga yaqin turgan Sandro Tonalining o'rnini to'ldirish uchun Germaniya chempionatidan futbolchilar sotib olmoqchi, deb xabar beradi TEAMtalk.

Angliya klubi Bundesligadan ikkita transferni tezkorlik bilan hal qilishni rejalashtirmoqda va Bazumana Ture hamda Yoxan Manzambi transferlari ustida faol ish olib bormoqda.

Gordonning o'rniga asosiy nomzod sifatida "Xoffenxaym" va Kot-d'Ivuar terma jamoasining 20 yoshli vingeri Bazumana Ture ko'rib chiqilmoqda. Ivuarlik futbolchi Germaniyadagi o'zining birinchi to'liq mavsumida 5 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Turedan tashqari, "hakkalar" rahbariyati "Frayburg" va Shveytsariya terma jamoasining 20 yoshli yarim himoyachisi Yoxan Manzambi bo'yicha ham muzokaralarda oldinga siljishga erishdi. Shveytsariyalik futbolchi 47 ta o'yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 9 ta natijali uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar