Navbat Messiga: Argentina terma jamoasi 1/16 final oldidan maxsus tekshiruvdan o‘tkazildi (video)

  • Mr.NoBoDy 02.07.2026 20:44
  • 417
  • 30

Argentina terma jamoasi va Lionel Messi Jahon chempionatining 1/16 final uchrashuvida ishtirok etish uchun yo‘l oladigan samolyotga chiqish oldidan aeroportda kuchaytirilgan nazoratdan o‘tishga majbur bo‘ldi.

Qayd etilishicha, uzoq davom etgan tekshiruv jarayoni argentinalik futbolchilarning kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Argentina terma jamoasi 1/16 final bosqichi doirasida 4 iyulga o‘tar kechasi Mayami shahrida Kabo-Verde termasiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tmoqda. Tarixda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etayotgan mazkur turnir 19 iyul kuni yakuniga yetadi. Argentina terma jamoasi amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi.

Avvalroq, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan. Bellashuvda ishtirok etish uchun stadionga yetib borgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari AQSH xavfsizlik xodimlari tomonidan alohida ko‘zdan kechirilgan va jamoa avtobusidan tushayotgan murabbiylar shtabi hamda futbolchilar metal detektorlar hamda xizmat itlari tomonidan obdan tekshirilgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar