Rasman. "Manchester Siti" Andersonning transferini e'lon qildi

  • Mr.NoBoDy 02.07.2026 18:24
  • 995
  • 30

"Manchester Siti" o'z rasmiy saytida yarim himoyachi Elliot Andersonning transferi bo'yicha "Nottingem Forest" bilan kelishuvga erishilganini tasdiqladi.

2026 yilgi jahon chempionatida Angliya terma jamoasi ixtiyorida bo'lib turgan 23 yoshli futbolchi Kanzasda tibbiy ko'rikdan o'tib bo'ldi. Transferning yakuniy rasmiylashtirilishi futbolchi Angliyaga qaytganidan keyin amalga oshiriladi.

"Manchester Sitidagi barcha Elliotga va Angliya terma jamoasiga jahon chempionatidagi ishtirokida omad tilaydi hamda uni Manchestyerda kutib olishni intiqlik bilan kutadi", - deyiladi klub bayonotida.

Anderson - "Nyukasl" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2024 yilda 15 million funt evaziga "Nottingem Forest"ga o'tgan edi. O'tgan mavsumda u APLda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Insayderlarning ma'lumotlariga ko'ra, shartnoma summasi 150 million evroni tashkil etgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar