
“Jamoamiz darvoza chizig'ini mustahkamlash maqsadida tajribali posbon Rahimjon Davronov bilan shartnoma imzoladi.
Mahoratli darvozabon endilikda qo'qonliklar sharafini himoya qiladi va jamoaning oldiga qo'ygan yuqori maqsadlariga erishishida o'z hissasini qo'shishga harakat qiladi. Klub rahbariyati va muxlislari Rahimjon Davronovning transferi jamoaning mudofaa chizig'idagi ishonchlilikni yanada oshirishiga umid bildirmoqda.
"Qo'qon-1912" oilasiga xush kelibsan, Rahimjon! Navbatdagi uchrashuvlarda va yangi mavsumda senga omad va zafarlar yor bo'lishini tilaymiz!", - deyilgan qo'qonliklar matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.