Sherki depressiyaga tushib qoldi

  • Mr.NoBoDy 02.07.2026 15:55
  • 319
  • 30

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki depressiyaga tushib qoldi.

L’Equipe nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchi tunda uxlashga qiynalmoqda. Shu bilan birga, undagi bu muammo futbol bilan bog‘liq emas. Biroq xavbekning holati Jahon chempionatida o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtidan norozi ekanligi sababli yanada og‘irlashmoqda. Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabi yarim himoyachining ruhiy holatidan xabardor.

Jahon chempionatida Rayan Sherki 4 ta o‘yinda ishtirok etdi, ammo umumiy hisobda bor-yo‘g‘i 55 daqiqa maydonda harakat qildi. Yarim himoyachi biror bir natijaviy harakatni amalga oshira olmadi va maydonga faqatgina zaxiradan, uchrashuvlarning 65-daqiqasidan keyin tushirildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar