
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel JCH-2026 1/8 finali doirasidagi Meksikaga qarshi bahs sharoitlariga moslashish borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uchrashuv Mexikodagi dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan «Asteka» stadionida o‘tkaziladi.
«Bu, ehtimol, tasavvur qilish mumkin bo‘lgan eng chiroyli va hayajonli o‘yinlardan biri bo‘ladi.
«Asteka»da Meksikaga qarshi o‘ynash — bizni juda va juda ko‘p to‘siqlar kutmoqda. Dengiz sathidan balandlik haqida gapirmasa ham bo‘ladi — bu katta noqulaylik tug‘diradi, chunki to‘rt kun ichida jismonan bunga moslashishga ulgurmaymiz. Buning shunchaki iloji yo‘q. Balki yangi to‘siqlar ham paydo bo‘lar.
Biroq biz tayyormiz. Ehtimol, bunday qiyinchiliklar bizga kerakdir. Hozir bizda o‘z tayyorgarligimizga chin dildan ishonish va vaziyat qiyinlashganda to‘g‘ri javob topa olishimiz uchun ideal platforma mavjud», — dedi Tomas Tuxel.