Fatining otasi vingerning "Barsa"dan ketishi haqida: "Flik Ansu bilan biror marta ham gaplashmadi"

  • Mr.NoBoDy 02.07.2026 00:32
  • 1394
  • 30

Ansu Fatining otasi "Barselona" bosh murabbiyi Xansi Flik futbolchini jamoada qolishga ko'ndirmaganini ma'lum qildi.

Kecha "Monako" Fatining "Barselona"dan sotib olinganini e'lon qildi. Bitim summasi 11 million evroni tashkil etdi.

"Yo'q, u u bilan biror marta ham gaplashmadi va ketish borasidagi qarorini qayta ko'rib chiqishga majbur qiladigan hech qanday voqea sodir bo'lmadi.

So'nggi kunlarda jarayon biroz cho'zilib ketdi, chunki "Monako" bilan bazi yakuniy tafsilotlarni kelishib olish kerak edi. Ammo bugun hammasi yakuniga etdi", – dedi Bori Fati.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar