
Jahon chempionati–2026 1/16 finali doirasida Angliya va Kongo DR terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. AQSHning Atlanta shahridagi «Mersedes-Bens Stedium»da bo‘lib o‘tgan bahsda angliyaliklar 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.
Uchrashuvni iordaniyalik hakam Adham Maxadme boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.
7-daqiqada yarim himoyachi Brayan Sipenga yaqin burchakni aniq nishonga olib, Kongo DRni hisobda oldinga olib chiqdi. Ushbu hisob uzoq vaqt davomida saqlanib turdi.
75-daqiqada Angliya hujumchisi Xarri Keyn bosh bilan kiritgan goli orqali muvozanatni tikladi. 86-daqiqada esa Keyn dubl rasmiylashtirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Shu tariqa, Angliya terma jamoasi Jahon chempionati–2026 nimchorak finaliga yo‘llanma oldi. Keyingi bosqichda angliyaliklar Meksika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Kongo DR terma jamoasi esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
JCH-2026. 1/16 final
1 iyul, 2026 yil
Angliya — Kongo DR — 2:1
Gollar: Sipenga, 7 (0:1), Keyn, 75 (1:1), Keyn, 86 (2:1).